Goyas
Goyas — Braziliyadagi shtat, Brazi- liya yassitog’ligining Markaziy qismida, Tokantins daryosi havzasida. Mayd. 340,2 ming km2. Axrlisi 4,99 mln. kishi (2000). Ma’muriy markazi — Goyaniya sh. Relefi bal. 800-900 m li Goyas yassitog’ligidan iborat. Yozi sernam subekvatorial iqlim. O’rtacha oylik t-ra 22— 26°, yiliga 1500-2000 mm yog’in yog’adi. Hududining katta qismini shim.da savannalar egallagan, doim yashil o’rmonlar bor. G. — agrar shtat; yirik shaharlar atrofi- da dehqonchilik, ichki r-nlarda ekstensiv chorvachilik b-n shug’ullaniladi. Asosiy q.x. ekinlari — sholi, shakarqamish, paxta, shuningdek, kofe, tamaki, makkajo’xori, maniok, loviya etishti- riladi. Foydali qazilmalardan asbest (Braziliyada 1-o’rinda), oltin, olmos, qisman nikel, mis olinadi. Asosiy sa- noat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari i.ch., yog’ochni qayta ishlash, ko’n poyabzal. Yirik shaharlari: Anapo- lis, Seris.