G’OZG’ON

G’OZG’ON — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shaharcha (1975 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Navoiy (76 kilometr). Tuman markazi Nurota shahridan 17 kilometr g’arbda. Aholisi 5,9 ming kishi (2004). G’ozg’onda qadimdan yuqori sifatli marmar qazib olinadi. G’ozg’on marmari, ma’muriy binolar va madaniy obi-dalarni bezashda ishlatiladi. «G’ozg’onmarmar» korxonasi, maktablar, kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar bor.