GRADESKRALOVE

GRADESKRALOVE — Chexiyada- gi shahar, laba daryosi bo’yida. Sharqiy Chexiya viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 98 ming kishidan ziyod (2000). Yirik t.y. tuguni va mashinasozlik (kimyo, gaz, shakarqand, vinochilik sano- ati uchun uskunalar, dizellar, motorlar, krzonlar, q.x. mashinalari) markazi. To’qimachilik, tikuvchilik, ko’n poyab- zal, oynasozlik, mebelsozlik, oziq-ovqat (shakarqand, vino) sanoati rivojlangan, musiqa asboblari ishlab chiqariladi. G.-K.da tibbiyot va ped. in-tlari bor. Me’moriy yodgorliklardan gotika sobo- ri (1306), cherkov (1666) saqlangan.