Gradus o’lchashlar

Gradus o’lchashlar — erning shakli va o’lchamlarini aniqlash uchun er sirtida juda aniq bajariladigan Geo- dezik va astronomik ishlar. Meridian- lar va parallellar yoylarining uzunligi geodezik usullarda, yoylarning oxirgi punktlari geografik koordinatalari astronomik kuzatuvlar asosida topila- Di. Erning shar shaklidaligi haqidagi ta’limot paydo bo’lgandan so’ng (mil. AV. 5-a) uning radiusini aniqlash za- rurati tug’ildi va g.o’.ning dastlabki geometrik asoslari ishlab chiqildi. O’sha paytlarda g.o’. bir meridianda yot- gan ikki nuqta A va V orasidagi meri- Dian yoyining chiziqli uzunligi S ni va shu nuqtalarda biror osmon yoritqichi Ь ning Zenit uzokligi z ni o’lchashdan iborat bo’lgan. Meridian yoyining chizik,li uzunligi S b-n er markazidagi unga mos burchak (meridian yoyi oxirgi nuqtalari kengligi farqiga teng burchak. Qad. Misr va Yunoniston olimlari er- ning kattaligini aniqlash ustida ish olib borganlar. Aleksandriyalik olim Eratosfen (mil.AV. 276-195 yillar) Aleksandriya va Siena (hoz. Asvon) sh.lari bir meridianda yotadi deb hisoblab, yozgi Quyosh turishi kuni Quyoshning meridiandan balandligi- ni o’lchab, bu shaharlarning kenglikla- ri farqi 7° 12′ ekanligini aniqlagan. Aleksandriya b-n Siena sh.lari orasidagi masofa taxminan 5 ming Misr stadiyasi- ga tengligini bilgan Eratosfen er sha- rining radiusi 39790 stadiyaga (6311 km ga) teng ekanligini hisoblab chiqargan. O’rta asrda Sharq olimlari ham erning kattaligini aniqlash ustida ish olib borganlar. 827 y. Arab xalifasi ma’- Mun topshirig’i b-n Sinjar (Mesopota- miya) tekisligida er sharining kattali- gini aniqlash uchun g. o’. olib borilgan. Bag’dod shahri rasadxonasida ishlagan Muhammad ibn Muso Xorazmiy bu ish- larda bevosita ishtirok etgan. Bunda bir nuqtadan boshlab shim. va Jan.ga to- mon meridian yoyining uzunligi maxsus o’lchov arqoni b-n, gradus qiymati esa yulduzlarni astronomik kuzatish yo’li b-n aniqlangan. Bu G. o’. natijasida er meridiani yoyining bir gradusi 56,23 Arab miliga (yoki 111,8 km ga) tengligi aniqlangan. Bu G. o’. o’z davri uchun ancha aniq bajarilgan. Ikki nuqta orasidagi uzok, masofani o’lchamay turib er katta- ligini aniqlash usullaridan birini Abu Rayhon Beruniy taklif etgan va amal- da qo’llagan. Beruniy tekis joy ustida qad ko’targan tog’tepasida turib, maxsus asbob b-n ufqning pasayish burchagini o’lchaydi va tog’balandligini aniqlaydi. So’ngra er radiusini hisoblab chiqaradi. Beruniy 1 gradus meridian yoyining uz. 56,6 Arab miliga (112,6 km ga) tengli- gini aniqlagan. Bu qiymat 17-a. oxi- riga qadar eng aniq, g. o’. hisoblangan. Gollandiyalik olim V. Snellius (1580-1626) triangulyasiya metodi- ni kashf qilgandan so’ng (1615-17) G. o’. keng rivojlandi, chunki Meridi- an va parallellarning istalgan qismi uzunligini aniqlashga imkon tug’ildi. Olimlar G. o’.da triangulyasiya metodi- ni qo’lladilar. I. Nyuton butun olam tortishish qonuniga asoslanib, er shar shaklida emas, ellipsoid shaklida, de- gan g’oyani ilgari surdi (1680). Fran- suz olimi J. Delambr 1800 y.da er ellipsoidi elementlarini hisoblab chiqdi. Delambr taklifiga ko’ra, er me- ridiani aylanasi choragining 4-yu7 dan bir ulushi 1 m deb qabul qilindi. 19-a. boshlarida turli mamlakatlarda bajarilgan astronomik-geodezik ish- lar erning shakli ellipsoiddan bir oz farq qilishini ko’rsatdi. Mac, Fran- suz olimi P. S. Laplas (1749— 1827) Frantsiya va b. davlatlarda o’tkazilgan G. o’. natijalarini tahlil qilib, me- ridian yoyining qiymati ekvatordan qutbga tomon bir xilda kamaymasli- gini aniqladi va er noaniq va mu- rakkab shaklda, degan xulosaga keldi. 1873 y.da nemis fizigi I. V. Listing (1808-82) erning bunday shaklini geoid deb atashni taklif etdi. Geoid shakli erning tortish kuchiga bog’liq bo’lganligidan g. o’.dan tashqari gravime- trik ishlar olib borishga to’g’ri keldi. Rus geodezisti K. I. Tenner (1783— 1860), astronomi V. Ya. Struve (1793— 1864) g. o’. olib borishgan. Natijada Dunay daryosining quyilish joyidan Skandinaviya yarim orolining shim. qirg’og’igacha bo’lgan 25°20′ meridian yoy- ining uzunligi hisoblab chiqildi. Bu yoyga «Struve yoyi» deb nom berildi. Un- dan erning kattaligini aniqlashda foy- dalanilgan. Rus olimlari K. I. Tenner (1844), F. F. Shubert (1861), A. M. Jda- Nov (1893) va b. Er ellipsoidi element- larini hisoblab chiqishgan. 1899-1902 y.larda Peterburg FA tashabbusi b-n Shvesiya FA ishtirokida er sharining eng shim. Shpisbergen orolida g. o’. olib bo- rildi. Rus geodezisti F. N. Krasovskiy sobiq Ittifokda geodezik shoxobchalar barpo etish va topografik plan olish da- sturini ishlab chikdi (1928). 1933 y.dan boshlab, sobiq Ittifoq hududining gravimetrik planini tuzish ishlari avj oldi. Geodeziya, aerofotos’yomka va kartografiya Markaziy ilmiy tekshi- rish in-tida erning shakli va kattali- gini aniqlash yuzasidan muhim ishlar qilindi. Er ellipsoidining kattaligi hisoblab chiqildi. Ana shu er ellipso- Di Krasovskiy ellipsoidi deb ataladi. G. o’.ga doir i.t. ishlari O’zbekistan FA Astronomiya in-tida xam olib bo- riladi. Er shaklining xarakteristi- kalarini, shuningdek, uning gravi- tasion maydonini aniqlash uchun esa og’irlik kuchini o’lchash usullaridan (q. Gravimetriya) va erning sun’iy yo’ldoshlaridan foydalanilmoqda, er- ning o’lchamlari, shakli va gravitasion maydoni haqida olingan ma’lumotlar astronomiya, geodeziya, xaritagrafiya va b. fan sohalarini rivojlantirishda, Erning sun’iy yo’ldoshlarini, kosmik kemalarni uchirishda juda qo’l keladi. Salohiddin Nuriddinoe.