GRAF

GRAF (nem. graf) — ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi grafliklarda qirol nomidan hokimiyatni boshqargan mansabdor shaxs. O’zaro ichki nizolar kuchaygan davrida Graflar mustaqil katta mulkdorlarga aylangan. Keyinchalik Graf — dvoryanlar unvoni bilan almashilgan.