GRAFEKON

GRAFEKON (Yun. grapho — yozaman va eikon — tasvir) — 2 elektron projector (dasta)li elektrovakuum xotira trubkasi. Projektorlarning biri axborotni yozib olishga, ikkinchisi axborotni o’qishga (hisoblashga) imkon beradi. Elektron projektorlar dielektrikli nishonning ikki qarama-qarshi tomoniga joylash- tirilgan, yozib oluvchi projektor esa signal plastinasi tomoniga qrnatilgan bo’lib, uning oldida to’r joylashtiril- gan. Signal kuchlanishni yozib oluvchi projektorning boshqaruvchi elektrod- lariga beriladi. Elektron nur dastasi zichligi buyicha modullashtiriladi. Yozib olinadigan nurlarning elektronlari yuqori musbat potentsiallar (~10 kv) yor- damida tezlashtiriladi, natijada ular dielektrik qatlamga kiradi va uning potentsialini o’zgartiradi. Hyp dastasi o’tish joyida nishon sirtining potentsi- Ali kamayadi va yuqori toklarda signal qatlami (plastina) potentsialiga tengla- sha boradi. Signal katlamiga esa kollek- torga nisbatan bir necha o’n volt manfiy kuchlanish beriladi. Elektron nurning zichligi signal qonuni asosida modul- lashtirilganligi uchun nishon sirtida potentsial relef hosil bo’ladi. Uning eng katta «cho’nqirligi» esa signal PLA- stinkasi va kollektor plastinasi orasi- dagi potentsiallar farqi b-n o’lchanadi. Shunday yuqori potentsiallar farqi ko’p (100) karrali o’qish imkonini beradi. G.larning turli xillari mavjud. Ular tasvir-axborotlarni lyuminessent ekranlarda ko’rish imkoniyatini yarata- Di. Bular elektron xotira trubkalari bo’lib, ular o’z funktsiyalariga ko’ra ra- diolokasion ossillograf trubkalari va kineskoplarga o’xshash bo’lsa ham, ular- dan ancha farq qiladi. G.lar axborotni uzoq muddat saqlash imkoniyatiga ega. G.lar radiolokasiya va televidenieda maxsus murakkab tasvirlarni uzatish va qabul qilib olish uchun keng ishlatiladi. Ad.: Elektronnie pribori, pod. Red. G. G. Shishkina, M., 1989.