Grammatik shakl

Grammatik shakl — grammatik vosita bildiruvchi, grammatik ma’no ifodalovchi til shakli. Mas, o’zbek ti- lida «yaxshi-yaxshi» deb «yaxshi» sifati takrorlansa, bu so’z ma’nosini kuchay- tirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu grammatik vosita ba’zi tillarda, mas, Malayya yoki indonez tilida ko’plikni bildiradi. Muayyan bir tilda turli g.sh. bir ma’noda qo’llanishi qam mumkin: -yotir, -yapti, -moqda kabi o’zbek tilidagi G.sh.lar fe’lning hoz. zamon shaklidir. Aksincha, ayni bir g.sh. birdan ortiq grammatik ma’noni bildira oladi. Mas, «lar» shakli «ishlar» so’zida ham fe’l, ham sifatdosh, ham ko’plik hisoblanadi.