GRAMMOFON
GRAMMOFON (Yunoncha gramma — harf, yozuv va phone — tovush) — gramplastinkaga yozilgan tovushni qayta eshittiruvchi apparat. Aylanuvchi gramplastinka ariqchasida Grammofon ignasining tebranishlari karnay orqali kuchaytirilayotgan membranaga uzatiladi. Grammofonning ixcham varianti — patefon. 20-asr 50-yillaridan Grammofon o’rniga elektrofondan foydalana boshlandi.