GRAN
GRAN (lotincha granum — don) — 1) o’lchovlarning metrik tizimi kirgunga qadar rus dorixona amaliyotida qo’llanadigan massa birligi. 1 Gran =62,209 mg; 2) ingliz o’lchov tizimida savdo, dorixona va qimmatbaho toshlar va metallarni o’lchashda qo’llaniladigan massa birligi. 1 g.=64,8 mg.