Granata

Granata (ital. — granata) — Jan- govar qurollarning bir turi; port- lovchi (zaryadli) snaryadlarning umu- miy nomi. Birinchi marta 16-a.da qo’l b-n irg’itiladigan, 17-a.da artilleriya G.lari paydo bo’ldi. Dastlabki G.larda zaryad sifatida yorituvchi yoki yondiruvchi moddalar, keyinchalik porox ishlatil — gan, hozirgi g.larda asosan trotil deb ataladigan portlovchi modda ishlatila- Di. G.ning korpusi po’lat yoki po’latsimon cho’yandan yasaladi. Portlash ta’siriga ko’ra g.lar parchalanuvchi (dushman jonli kuchlari va texnikasiga shikast etkazish uchun qo’llaniladi), parchalanuvchi-fugas va fugas g. (mudofaa istehkomlarini portlovchi zaryad gazi kuchi b-n vayron qilish hamda jonli kuchlarga shikast etkazish uchun qo’llaniladi), parchala- nuvchi-yondiruvchi xillarga (kichik kalib- rli Zenit artilleriyasida qo’llaniladi) bo’linadi. Qo’l b-n irg’itiladigan G.lar parchalanuvchi va tankka qarshi qo’llaniladigan; mexanizmining tuzili- shiga ko’ra, zarb ta’sirida tez portlay- digan va ma’lum vaqtdan keyin portlay- digan g.larga bo’linadi. Ma’lum vaqtdan keyin portlaydigan g.lar pana joylar- da hujumga o’tilganda va b. hollarda qo’llaniladi, zarb ta’sirida tez port- laydigan g.lar esa tankka qarshi, pulemyot va b. xil o’t ochish nuqtalarini vayron qilishda ishlatiladi. Mashq G.laridan harbiy qism (bo’linma)larda askarlarni va sport maydonlarida sportchilarni g. irg’itishga o’rgatishda foydalaniladi.