Granatomyot

Granatomyot — 1) dastaki g. dush- Manning zirhli nishonlariga, jonli kuchlari va harbiy texnikasiga zirhni teshadigan yoki parchalanadigan fugas granata b-n shikast berish uchun muljal- langan qurol. G.ning bir marta va ko’p marta ishlatiladigan; tuzilishiga ko’ra, dastaki, miltiqqa o’rnatib va stanokka o’rnatib otadigan; vazifasiga ko’ra, tank- ka qarshi, piyodalarga qarshi; stvoli- ning tuzilishiga ko’ra, stvolining ichi silliq, qirqimli va stvoli buklanadi- gan xillari bor. G.ning kalibri 30-90 mm, nishonga olish uzokligi 1000 m gacha. Miltiqqa o’rnatib otadigan g.da granata o’qsiz patron zaryadining poroxli gazi yordamida otiladi.