Granitlanish

Granitlanish — er po’stining chuqur qismlarida bo’ladigan murakkab jarayonlar natijasida turli (cho’kindi, otqindi, metamorfik) tog’jinslari- ning o’zgarib, tarkibi, tuzilishiga ko’ra granitga o’xshash jinsga aylanishi g.ga uchragan jinslarning tarkibi va struk- turasi butunlay o’zgarib ketadi. G. tog’ jinslarini ishqorli metallar va SiO2 b-n boyishi va ulardan Fe, Mg va sa chiqib ketishi va magma hosil bo’lishi b-n bog’liq; u asosan geosinklinallar- ning juda chuqur zonalarida burmalar hosil bo’lishi paytida rivojlanadi. G. to’g’risida turli fikrlar bor. Vir guruh olimlar g. er bag’ridan chiqadigan gaz va suyuq eritmalarning tog’jinslariga ta’- siri natijasida paydo bo’ladi deyishsa, boshqalari g. qattiq jinslar ionlari- ning bir-biri b-n aralashishi (diffuzi- yasi) natijasida hosil bo’ladi deydilar. G. magmaning tog’jinslariga ta’siri natijasida sodir bo’ladi degan fikrlar ham bor. Er po’stida bo’ladigan jarayon- larni aniqlashda g.ning ahamiyati katta.