GRANT

GRANT — 1. Davlatlar, davlatlar hukumatlari,xalqaro va chet el hukumatiga qarashli tashkilotlar tomonidan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan ro’yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan O’zbekiston Respublikasiga, O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga beg’araz asosda beriladigan mol-mulk, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga begaraz asosda beriladigan mol-mulk. 2. Ilmiy izlanishlar, o’qish, davolanish kabi maqsadlarda korxona, tashkilot va jismoniy shaxslarga pul shaklida yoki boshqa ko’rinishda beg’araz beriladigan subsidiya. Grantlar innovatsion xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirishdir. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda, xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, o’qitish, davolash va boshqa shunga o’xshash maqsadlarni amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to’g’risida hisobot berish sharti bilan beriladigan mablag’lar tushuniladi. Grant mablag’lari qat’iy maqsadli tayinlanishi bo’yicha foydalaniladi.