Granulyoma

Granulyoma (lot. granulum— dona- cha va ota — o’sma) — odam va hayvonlarda biriktiruvchi to’qimaning yallig’lanishi oqibatida yuzaga keladigan o’smasimon tuzilma. Infektsion G. — virusli, infektsion allergik (sil, zaxm, Tulya- remiya, ich terlama, revmatizm, revma- toid artrit) tufayli; noinfektsion g. to’qimalarga yot jismlar tushishi yoki uzoq vaqt mexanik ta’sirlanishi va b. tufayli hosil bo’ladi. G.ni keltirib chiqargan sababiga qarab, uning hujayra tarkibi o’zgarib turadi. Tananing turli qismida uchrashi mumkin. Davo asosan G.ga sabab bo’lgan omilni bartaraf etish- dan iborat, bu yordam bermasa, jarrohlik usuli qo’llaniladi.