Grass (Grass) Gyunter
Grass (Grass) Gyunter [1927.16.10, Polsha, Dantsig (Gdansk)] — nemis yozuvchisi. 1956 y.da «uchar tovuqlarning afzalligi» she’riy to’plami nashr etil- gan. «Tunuka nog’ora» (1959) romani mashhur. Unda nemis xalqining yaqin va olis tarixi, insoniyat oldidagi aybi va uni anglash haqida so’z boradi. G. bu ro- manini «mushuk-sichqon» (1961) qissasi, «It yillari» (1963) romani b-n qo’shib, 1974 y.da «Dantsig trilogiyasi» umumiy nomi ostida nashr ettirgan. «Narkoz b-n etni o’ldirish» (1969) romani avlod- lar munosabati haqida. «Qalqonbaliq» (1977) romanida ayollar emansipasiyasi borasidagi o’z qarashlarini bayon qilgan. «Moda kalamush» (1986) romanida kuchay- ib borayotgan yadro urushi xavfiga muno- sabat bildirgan. «Bepoyon dala» (1995) romanida Germaniyaning qo’shilishi mav- zusi qalamga olingan. Nobel mukofoti laureati (1999).