GRAUVAKKA

GRAUVAKKA (nem. grau — kulrang, Waske — gilli jins) — kam g’ovakli, zich donador, tarkibi o’zgaruvchan cho’kindi tog’ jinsi. Magmatik va cho’kindi tog’jinsla- rining turli mineral bo’lakchalaridan iborat. Kremniy yoki slaneslar b-n Tse- mentlanadi. Rangi odatda, to’q kulrang, qora yoki to’q yashil (tsement tarkibidagi xlorid hisobiga) buladi. G. geosinkli- nal oblastlar uchun xos, kalin qatlamlar hosil qilgan. O’zbekistonning Chatqol- Qurama tog’laridagi devon va toshku- Mir (karbon) davri yotqiziqlarida keng tarqalgan. G. qurilishda, tsement tayyor- lashda keng ishlatiladi.