Gravimetriya

Gravimetriya (lot. gravis — og’ir va …metriya) — tor ma’noda og’irlik ku- chini o’lchash usullari haqidagi fan. Keng ma’noda (Nyuton mexanikasi doirasida) Erning og’irlik kuchi maydonini, er sha- klini aniqlash maqsadida uning fazoviy o’zgarishini, erning ichki tuzilishini, uning ustki qismi geologik tuzilishi- ni, ba’zi navigasiya masalalarini echish va b.ni o’rganish b-n shug’ullanadigan fan. Og’irlik kuchi — erning so’tkali aylanishidan hosil bo’ladigan gravi- tasion tortishuv va markazdan qochma kuchlaridan iborat. Ekvatorda markaz- dan qochma kuch gravitasion tortishuv kuchiga karaganda 288 baravar kichik, qutbda nolga teng. Shu sababli, torti- shuv kuchining qiymati, asosan, erning zichligiga, shakli va o’lchamiga bog’liq. G.da tekshiriladigan asosiy fizik kattalik ogirlik kuchi tezlanishi g dir. Og’irlik kuchi tezlanishini bi- rinchi marta (taxm. 1590 y.). G. Galiley aniqlagan. Bu kattalikning o’zgarishi Ge- ografik kenglikka bog’liq. Son qiymati jismning erkin tushish tezlanishi g ga teng bo’lgan og’irlik kuchi kuchlangan- ligi (kuchning massa birligiga nisba- ti) gallarda o’lchanadi: 1 Gal=10^2 ts/ S2; uning 1000 dan bir ulushi milli- gal (mgal) deyiladi. Er sirtida g ning qiymati 978,0 Gal dan (ekvatorda) 983,2 Gal gacha (qutblarda) o’zgaradi. Og’irlik kuchi tezlanishi asosan gravimetrlarda o’lchanadi. Okeandagi g’alayonlanmagan suv sathiga mos kelgani (W = W) geoid deyi- ladi va uni erning shakli sifatida qabul qilinadi. Qulaylik maqsadida og’irlik kuchi (gravitasiya) maydonini, Sayyora sirti bo’yicha qonuniy o’zgara boruvchi u normal qismga hamda Real g va normal tashkil qiluvchilar orasidagi ayirma- dan iborat bo’lgan anomal (og’irlik kuchi anomaliyasi deb yuritiluvchi) Ag = g—u ga ajratiladi. Normal qismini odatda Real er b-n birday massaga va aylanish tezligiga ega bo’lgan hamda geoidga eng ko’p yaqin bo’lgan bir jinsli aylanish maydoni sifatida tasavvur qilinadi. 1971 y.da xalqaro gravimetrik siste- ma qabul qilingan. Unga ko’ra og’irlik kuchining formulasi 1967 y.dagi gravi- metrik va sun’iy yo’ldoshlar kuzatish- lari majmuasi asosida hisoblangan do- imiylar b-n birga quyidagi ko’rinishga ega: u =978031,8(1+0,005302sin2(p -0,0000059sin22(p) mgal. Er og’irlik kuchi maydoni normal tash- kil qiluvchisining to’liq o’zgari-shi = 5,2 Gal. Erda og’irlik kuchi anomaliya- lari (2-4) 102 mgal ga etadi, markaz- dan qochma kuch hisobiga og’irlik kuchi o’zgarishi =3,3 mgal, erning bosiqligi tufayli og’irlik kuchi o’zgarishi =1,8 mgal, og’irlik kuchinig balandlik bo’yicha o’zgarishi 1 m ga 3-10~’ mgal, Oy — Quyosh g’alayonlanishlarining eng katta qiymati =2,4-10 ‘ mgal. G. yordamida neft-gaz tuzilmalari, boy- liklari izlanadi va tekshiriladi. Er- ning deformasiyasi erning qovushoqlik xususiyatlariga bog’liqdir. Ushbu de- formasiyalarni o’lchash orqali er ichki qatlamlarining qovushoqligi xamda ichki tuzilishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Muayyan r-nning gravitasion maydoni qiymatlarining o’lchovlari yig’indisi gravimetrik s’yomkadir. Gravimetrik s’yomkada mayatnikli as- boblar, gravimetrlar, gravitasiya va- riometrlaridan foydalaniladi. Tosh- kent astronomiya rasadxonasida 1901 y.dan boshlab gravimerik tadqiqotlar olib borilgan, natijada mingdan ortiq gravimetrik punktlar aniqlangan. Sayyoralararo kosmik apparatlarning paydo bo’lishi g.ning qo’llanish sohasini kengaytirdi. Tushiriluvchi kosmik AP- paratlar og’irlik kuchini bevosita oy sirtida, Mars va Veneraning sun’iy yo’ldoshlari esa bu sayyoralar atrofida o’lchadi. Keyingi yillarda Yupiter va Saturnning gravitasion maydonlarini tadqiq qilish boshlandi.