GRAVITASION VARIOMETR

GRAVITASION VARIOMETR -og’irlik kuchi potentsialining ikkilam- chi hosilasini va gorizontal yo’nalish og’irlik kuchi o’zgarishi (gradienti)ni o’lchaydigan asbob. Faqat og’irlik kuchi gradientini o’lchaydigan g.v. g r a Di- entometrlar deyiladi. G.v.ni Venger fizigi D. Etvesh ixtiro kilgan. G.v. uchlariga turli balandlikda massalar mahkamlangan yoki osilgan gorizontal yoki kiya o’rnatilgan engil koromislodan iborat; koromislo pishitilgan ingichka elastik ipga osiladi. Erning bir jin- sli bo’lmagan gravitasion maydonida ko- romislo massalariga ta’sir etuvchi gra- vitasion kuchlar momenti vujudga kela- Di. Erga tortishish kuchi momenti bural- gan ipning elastik kuchiga teng bo’lgunga qadar koromisloip atrofida buriladi. Og’irlik kuchi potentsiali hosilalari koromisloning burilish burchagi bo’yicha aniqlanadi. Bunga G.v. korpusi meri- dianga nisbatan turli burchak ostida ketma-ket o’rnatiladi. G.v.ning tuzilishi t-ra, magnit va elektrostatik maydon- lar ta’sirini bartaraf qilishga imkon beradi. Og’irlik kuchi potentsialining ikkilamchi hosilasi ±(1-2)-10″‘ S2 aniqlikkacha o’lchanadi. G.v. geologoraz- vedka maqsadlarida er qobig’ining ustki qatlamlari zichliklarining bir jinsli- mas taqsimlanishini o’rganishda ishla- tiladi.