Grenlandiya

Grenlandiya — shim. Muz okeani va Atlantika okeani oralig’idagi Orol, Shim. Amerikaning shim.-sharqida. G.— dunyodagi eng katta Orol. Mayd. 2166,1 ming km2. Daniyaga karashli. Aholisi 56 ming kishi (1998), shu jumladan 44,4 ming kishi grenlandiyalik inuitlar (90% aholi Jan.-g’arbiy sohilda yashaydi). Ma’muriy markazi — Gotxob (nuk) sh. G. asosan Kanada qalqonida joylashadi bo’lib, gneys, kvarsit, marmar va granit- dan tuzilgan, usti vulkanogen cho’kindi jinslar b-n qoplangan. Grafit, marmar, mis, temir rudasi, oltin, kumush, ko’mir, qo’rg’oshin, pyx va uran konlari topilgan. G.da muz qoplamining umumiy hajmi 2,6 mln. km3. Muzlik tagining relefi g. chekkasidan o’rtasiga tomon pasaya bora- Di. Muz qoplamining o’rtacha qalinligi 2300 m, eng kalin joyi 3400 m. Muzning ustki qatlami siljib sinadi va ko’plab (yiliga 13-15 ming) aysberg okeanga tarqaladi. Sohildagi muzdan xoli er- larning eni ba’zi joylarda 200-250 km ga etadi. Sharqiy sohilda muzliklar b-n qoplangan tog’tizmalari bor. G. va butun Arktikaning eng baland nuqtasi — Gun- Byorn cho’qqisi (3700 m) shu erda. Sohilda subarktika, Arktika va dengiz iqlimi. Orol ustidan tez-tez tsiklon shamolla- ri o’tib turadi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi janubda -7°, shim.da -36°, iyulniki Jan.da 10°, shim.da 3°. O’simliklar G.da muzdan xoli bo’lgan joylarda uchraydi. Taxm. 450 ga yaqin o’simlik turi bor. Eng Jan.da qayin, chetan, olxa, tol, shuning- dek, har xil o’tlar, 80° sh.k.gacha bo’lgan sohilda tundra o’simliklari, shim.da mox va lishaynik o’sadi. Hayvonlardan sohilda shimol bug’usi, mushkli Qo’chqor- buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, qutb bo’risi, lemming, qirg’oq yaqinidagi suvlarda kit, tyulen, morj va b. yashaydi. 170 tur par- randa bor. Iqtisodiy xayoti orolning muzdan xoli bo’lgan 15% sohil bo’yi qismida (342 ming km2) olib boriladi. Mehnatga yaroqli aholining 25% baliq ovlash b-n shug’ullanadi. Bir yilda 290 ming t atrofida baliq, tyulen va b. dengiz hayvonlari ovlanadi. Q. x.da qo’ychilik (22 ming bosh) va bug’uchilik (6 ming bosh) rivojlangan. Eksportining 83% ini baliq mahsulotlari, importni oziq-ovqat mahsulotlari, keng iste’- mol tovarlari, mashina va asbob usku- nalar tashkil etadi. Tashqi aloqalarni Daniya, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Bri- Taniya va Shvesiya b-n olib boradi. Orolni dastlab islandiyalik dengizchi Gunbyorn 875 y.da topgan. 982 y.da islan- diyalik (asli norvegiyalik) Eyrik Rauda tadqiq qilgan va uni g. («Yashil o’lka») deb atagan. Orol 1262 y.dan 18-a. boshi- gacha Norvegiyaga qarashli bo’lgan, 1721 — 1953 y.larda Daniya mustamlakasi. 1953 y.da g. Daniya hududining bir qismi deb e’lon qilindi. 1979 y. may oyidan bosh- lab o’zini o’zi boshqarish huquqiga ega bo’ldi.