Gribachyov Nikolay Matveevich

Gribachyov Nikolay Matveevich [1910.6(19).12, Bryansk viloyati — 1992, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). «Shimoli-G’arb» (1935), «urush yo’llari bo’ylab» (1945) she’riy to’plamlari muallifi. «G’alaba»da bahor» (1948) dostonida, «momaqaldiroqdan so’ng» (1952), «Aziz hamshaharlar» (1954), «O’y» (1955) she’riy va «avgust oyi yul- duzlari» (1958), «tungi momaqaldiroq» (1964), «mening daydi sevgim» (1967) nasriy to’plamlarida zamondoshlari- ning mehnati va ma’naviy go’zalligi aks ettirilgan. «Amerika bilan yuzma- yuz» (1959) asari xalqaro mavzuda. G.ning «bahs» (1963) to’plami adabiyot- shunoslik masalalariga bag’ishlangan. As: dala kapalagi [she’rlar, ballada- lar, dostonlar], T., 1980.