Grigorev Vasiliy Vasilevich

Grigorev Vasiliy Vasilevich [1816.15(27)3 — 1881.19.(31). 12] — sharqshunos, Rossiya FA muxbir a’zo- si (1853), Sharq adabiyoti dri (1863). G. Rossiyada birinchi bo’lib Sharq tarixi bo’yicha un-tda ma’ruzalar qilgan. Rus tarixchilari orasida birinchilardan bo’lib O’rta Osiyo xalklari tarixi va madaniyatini o’rganishga kirishgan.G. — 200 ga yaqin asar muallifi. Ilmiy ishlari orasida saqlar, Yunon-Baqtriya podsholigi, Arab sayyohi Abu Dulafning Movarounnahrga sayohati, Xiva, Buxoro va Qo’qon xonliklari haqidagi asarlari ilmiy qimmatga ega. G. ilmiy-pedagogik faoliyat b-n bir qatorda 35 y.dan ortiq (1844 — 80) tashqi ishlar vazirligi- da xizmat qilgan, jumladan O’rta Osiyo xonliklari va qirg’izlar b-n ish olib boruvchi Orenburg chegara komissiyasi (1854 — 63) va Davlat matbuot ishlari Bosh boshqarmasi (1874 — 80) boshlig’i bo’lib ishlagan. G. o’zining ma’muriy FA- oliyatida podsho Rossiyasining siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan.