Grilparser (Grillparzer ) Frans

Grilparser (Grillparzer ) Frans (1791.15.1 — Vena — 1872.21.1) — Avstriya dramaturgi. Avstriya zamona- viy adabiyoti asoschilaridan. She’r va epigrammalar, realistik novellalar («Qashshoq musiqachi», 1848) yaratgan. G. asosan dramaturg sifatida Shuhrat qozongan. «Avlod onasi» (1817), mifo- logik mavzu asosidagi «Safo» (1818), «Oltin po’stin» (1821),»dengiz va sev- gi to’lqinlari» (1831), milliy-tarixiy mavzudagi «Qirol Ottokarning buyukli- gi va inqirozi» (1825), «xo’jasining sodiq quli» (1828), «Yolg’onchining ja- zosi» (1838), «Gabsburglar xonadonida aka-ukalar janjali» (1850), realistik ruhdagi «Toledolik yahudiy ayol» (1855) kabi fojiaviy asarlarida teskarichi gu- ruxlarning rasmiyatchilik tartiblarini qoralagan.