Grinchenko Vyacheslav Aleksandrovich

Grinchenko Vyacheslav Aleksandrovich (1938.21.9, Xarkov viloyati, Krasnograd sh.) — opera xonandasi (bas). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1971), O’zbekistan xalq artisti (1974). Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1966 — 85), 1985 y.dan Moskva filarmoniyasi yakkaxoni. Don Karlos (J. Verdi, «Don Karlos»), Boris (M. Mu- sorgskiy, «Boris Godunov»), don bazi- Lio (J. Rossini, «Sevilya sartaroshi»), Konchak, Knyaz Galiskiy (A. Borodin, «Knyaz Igor»), Vojak (A. Xolminov, «Hayotbaxsh o’lim»), Pyotr I (A. Petrov, «Pyotr birinchi») va b. partiyalarning moxir ijrochisi. G. keng diapazonli va kuchli ovoz sohibi. Har bir obraz- ni haqqoniy ifoda etishga intiladi. O’zbekiston kompozitorlari (g. Mushel, B. Gienko, A. Berlin va b.)ning kamer-vo- kal asarlarini ijro etgan. Hamza nomi- dagi O’zbekiston dav-lat mukofoti Lau- reati (1981).