Grishchenko Filipp Ivanovich

Grishchenko Filipp Ivanovich (1915.11.1, Pavlovka qishlog’i, RF — 1985.11.1, Toshkent) — haykaltarosh, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1968). Ijodini yog’och portret- lar yaratish b-n boshlagan («A. Pushkin», «Mirzo Ulug’bek», 40-y.lar), yoshlar hayoti aks ettirilgan kompozisiyalar ishlagan («Hunar bilim yurtining talabasi», yog’och, 1950 va b.). Portretlar, maishiy holatlar, mahobatli bezak haykallar va b. yaratgan.