Groningen

Groningen — Niderlandiya shim,-sharqidagi shahar. Groningen provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 170 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oxiri). Mamlakatning shim.-Sharqiy rnining savdo-transport, madaniy Mar- kazi. Bir necha kanallar kesishgan erda- gi port. Shakarqand, kimyo, tikuvchilik, radioelektronika, poligrafiya sanoati korxonalari, un-t (1614) bor. Shahar 11-a.dan ma’lum. Gotika cherkovi va 15 — 18-a.larga oid me’moriy yodgorlikla- ri saqlangan. Shahar yaqinida yirik gaz koni (dastlabki zaxirasi 1960 mlrd. m3) ochilgan.