Grossulyar

Ma’nosi

Grossulyar — granatlar guruhiga mansub mineral. Tuzilishi krijovnik mevasiga o’xshash, lotincha (grossularia — krijovnik) nomi shundan. Kimyoviy formulasi Ca3Al2{SiO4}r kub singoniyali, shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5 — 7,5. Zichligi 3530 — 3600 kg/m3. Och yashil, sarg’ish, qo’ng’ir, rangsiz kristallar, agregatlar. Skarnlar minerali. Shaffof turi zargarlikda ishlatiladi. O’zbekistonda (skarn jinslarda), Avstriya va Shveytsariya (Alp tomirlarida), Pokiston (Pokiston zumradi), Tanzaniya, Rossiya Federatsiytasi (Sharqiy Sibir)da uchraydi.

O‘xshash so‘zlar

G harfi: barcha so‘zlar