Gruntli materiallar
Gruntli materiallar – bog’langan gruntlar (gil, suglinka, supeslar)ni pishirmasdan, ba’zan portlandtsement, kam hollarda, ohak, gips, suyuq shishani qo’llash bilan ishlab chiqariladigan qurilish materiallari. Ular suvbardosh (gruntli beton) va suv bardoshli bo’lmagan turlar (xom g’isht va somonli loy)ga bo’linadi. Gruntli beton tabiiy gruntlarni suv, mineral bog’lovchi va turli qo’shimchalar bilan aralashtirish yo’li bilan olinadi. Xom g’isht o’zida pishirilmagan g’ishtni namoyon etib, to’liq qurigandan keyin uni quruq iqlimli hududlardagi kam qavatli binolar qurilishida qo’llashadi. Somonli loyni gilli gruntlar va somon, zig’ir, kanop poyasi va boshqa tolali materiallarni aralashtirib, tayyorlashadi.