Gruzin tili
Gruzin tili — gruzin xalqi tili. Kavkaz (iberg-Kavkaz) tillari kart- vel guruhiga mansub. Unda.3917,7 ming kishi so’zlashadi. Gruzin adabiy tili ta- rixi 2 davrga ajraladi: qad. gruzin (5 — 11-a.lar), hoz. gruzin (12-a.dan boshlab). Kart dialekta gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi. G. t.ning dialekt- lararo differentsiyasi juda kuchsiz. Hoz. G. t. fonetika tizimida 5 unli 25 undosh bo’lib, bular 3 turga ajraladi: jarangli, jarangsiz va bo’g’iz usti. Morfologiyada prefiks (old qo’shimcha) va suffiksdan foydalaniladi. G. t.ning morfologik tuzilishi agglyutinativdir. Grammatik jins farqlanmaydi, 6 ta kelishik bor. Tushum kelishigi yo’q, uning o’rnida er- gativlik mavjud. Ko’makchilardan keng foydalaniladi. G. t. sintaksisi Pre- dikativlik tuzilmaga ega. Ergash gapli qo’shma gaplar ancha taraqqiy etgan.