GUANSI-CHJUAN MUXTOR RAYONI

GUANSI-CHJUAN MUXTOR RAYONI — Xitoyning Jan.dagi milliy ma’- muriy birlik. Siszyan daryosi havzasida. 1958 y.da avvalgi Guansi provintsiyasi o’rnidatashkil etilgan. Mayd. 236 ming km2. Aholisi 46,7 mln.dan ziyod kishi (1998). Ma’muriy markazi — Nannin sh. Hududining katta qismi tog’va tepali- klar. Ko’p qismining bal. 1000 m dan past. Eng baland joyi 2070 m. R-nning shimo- lida karst relef shakllari ko’p uchray- Di. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shimolida 6°, Jan.da 14°, iyulniki 24 — 28°. Tuprogi, asosan, laterit. Doim yashil o’rmonlar bor. Subtropik va tropik o’simiklar o’sadi. Iqtisodiyotining etakchi tarmoqi — q. x. R-n er maydonining 11,5%i ishlana- Di. Asosiy ekini — sholi (ekin mayd. 64%), shuningdek, batat, shakarqamish, er yong’oq, kunjut, indov, raps, tamaki, meva, choy, tung, kofe, paxta; ziravorlar- dan dolchin, arpabodiyon, muskat yong’og’i, zanjabil va b. etishtiriladi. Ekinlar- dan yiliga 2 — 3 marta hosil olina- Di. Chorvachilik yordamchi ahamiyatga ega; parrandachilik rivojlangan. Juntszyan daryosi vodiysining yuqori qismida yog’och tayyorlanadi. Sanoatida ko’proq sholi oqlash, yog’, shakarqand, yog’ochsozlik, qog’oz, to’qimachilik tarmoqlari rivoj- langan. Er osti boyliklaridan qalay, marganes, qo’rg’oshin va pyx, toshko’mir qazib chiqariladi. Metallurgiya va ma- shinasozlik, kimyo korxonalari bor. Hunarmandchilik b-n ham shug’ullaniladi (Binyanda chinni ishlab chiqariladi). Eng katta sanoat markazi — Nannin va Lyuchjou. Siszyan va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Syanguy kanali orqali Yantszi daryosiga o’tiladi. Rayon t. y. orqali boshqa hududlar b-n bog’langan. Ko’plab oliy o’quv yurtlari bor.