Guash

Guash (ital. guazzo — suvli bo’yoq) — kukun b-n suv-elim bog’lovchilari (Aqoqiyo, bug’doy kraxmali, dektrin va b.) va oq buyok, (belila) aralashmasidan ibo- rat bo’yoq; shuningdek, shu bo’yoq b-n ishlan- gan tasviriy san’at (rassomlik) asari. Qog’oz, karton, faner, mato, suyakka naqsh, tasvir ishlashda qo’llaniladi. Akvarel turi sifatida paydo bo’lgan g.dan o’rta asrlardayoq Osiyo va Evropaning ko’p mam- lakatlarida, asosan kitob minitayura- sida foydalanilgan. 19-a. o’rtalaridan G. bo’yog’i sanoatda ishlab chiqarila bosh- lagach, mustaqil usulga aylandi. G. AK- vareldan oqbo’yoqqo’shilganligi, bo’yoq qatlamining qalinligi b-n farq qiladi. O’zbekistonda 1920-y.lardan, ayniqsa 2-jahon urushi yillaridan («O’zTAG oy- nasi», «jangovar qalam» plakatlari va b. da) keng rivojlandi. Hozir G. plakat, amaliy grafika va kitob grafikasi, te- ATR dekorasiyasi eskizlari, bezak ishla- ri, miniatyura, mahobatli rangtasvir, naqqoshlik va b.da keng qo’llaniladi.