Gubkin Ivan Mixaylovich
Gubkin Ivan Mixaylovich [1871.9.(21).9, Pozdnyakovo qishlog’i, hoz. Nijniy Novgorod viloyati — 1939.24.4, Moskva] — rus geologi, Rossiya neft geol.sining asoschisi, akad. (1929). G.ning ilmiy ishlari neft geol.siga, Kavkazda neft konlarining ochilishi- ga, Volga va Ural daryolari oralig’ida «Ikkinchi Boku» deb atalmish neft bazasini yaratishga bag’ishlangan. U balchiq vulkanlarining paydo bo’lishi va tarqalishi, ularning neft konlari b-n bog’liqligi haqidagi ta’limotni yaratdi. G. neft geol.siga oid bir qancha asar va darsliklarning muallifi. RF Belgorod viloyatidagi shaqarlardan biri g. nomiga qo’yilgan.