Gudron

Gudron (Frans. goudron) — qora smola. Neftni atmosfera bosimi va va- kuum ostida haydash paytida 450-600° oralig’ida qaynab chiqadigan fraktsiya qoldig’i. G. neftning tabiatiga qarab uning massasining 10-45% igacha hosil bo’ladi. G. qovushqoq suyuklik yoki qattiq asfaltsimon yaltiroq mahsulotdir. Tarkibida parafin, naften katori va aromatik uglevodorodlar (45-95%), as- faltenlar (3-17%), shuningdek, DEAS- faltlangan mahsulotlardan silikagel- da adsorbtsiyalanadigan neft smolalari (2-38%) bo’ladi. G.ning zlementar tar- kibi (massasiga nisbatan % hisobida): 85-87 S, 9,3— 11,8 N, 0,2-6,3 S, 0,2-0,7 N, 0,08-1,25 O. Bundan tashkari, g.da neft tarkibida mavjud bo’lgan barcha metallar kontsentrlanadi; unda vana — diyning miqdori 0,046% ga, nikel esa 0,014% gacha etishi mumkin. Neftning ta- biati va undan gazoyl franktsiyalarini ajratib olish darajasiga qarab g.ning zichligi 950-1030 kg/m3 ga, kokslanishi 8-26% gacha (massa jihatidan), qotish t-rasi 12-55° gacha, o’z-o’zidan yonish t-rasi 29 dan 350° gacha bo’ladi. G. yo’l qurilishi materiali sifatida yo’lkalar va qurilish bitumlari, oz miqdorda kul hosil qiluvchi Kokslar, surkov moylari, yoqilg’i gazlar va motor yonilg’ilari i.ch.da qo’llaniladi.