Gugenotlar

Gugenotlar — 16-18-a.larda Frantsiyadagi kalvinizm tarafdorla- ri. G.ning katoliklar b-n kurashi Di- niy urushlarga aylangan. 1598 y.dagi Nant ediktiga ko’ra g. diniy e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, bir muncha siyo- siy mustaqillikni qo’lga kiritganlar. Rishele davrida (1629) g.ning siyosiy mustaqilligiga barham berilgan; Lyu- dovik Xivdavrida (1685) Nant edikti bekor qilingan, g. diniy e’tiqod er- kinligidan mahrum bo’lishgan, ular yoki katolik diniga o’tishlari yoki Frantsiya- ni tark etishlari lozim bo’lgan (g.ning ko’pchiligi mamlakatni tark etgan). 18- a. oxiridagi Buyuk frantsuz inqilobi davrida g. katoliklar b-n teng huquqli bo’lishga erishganlar.