GUGURTTOG’

GUGURTTOG’ — Turkmanistonning Janubi-sharqidagi shahar (1990 yildan), Ko’hitang tog’ining g’arbiy etagida, Amudaryodan shimolda, Mukri (Turkmaniston) temir yo’l stantsiyasi yaqinida. 1930-yillarda oltingugurt koni ishga tushirilishi bilan vujudga kelgan. Aholisi 23,3 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Sof oltingugurt qazib olinadi. Oltingugurt va kaliy o’g’iti ishlab chiqarish zavodlari bor.