Gugurttog’ oltingugurt koni

Gugurttog’ oltingugurt koni (turkmancha — Gyugurtdag’) — Turkmanistonning Jan.-sharqidagi kon, Ko’hitang tog’ining g’arbiy etagida, Amudaryodan shim.roqda, Mukri (Turkma- niston) t. y. stantsiyasi yaqinida joyla- shadi. Konning oltingugurt zaxirasi dastlab 1928-30 y.larda aniqlangan. 1950-y.larda g. o. k.da yirik tuz koni (kaliy va osh tuzlari) razvedka qilindi. Ayni paytda g. o. k.dan sof oltingugurt va kaliy tuzi olinmoqda. G. oltingugurt konining hosil bo’lishi to’g’risida olim- lar o’rtasida turli fikrlar mavjud. Konda oltingugurt yuqori yura davrida dengiz ostida anaerob (kislorodsiz) muhitda oltingugurt hosil qiluvchi bak- teriyalar yordamida paydo bo’lgan yoki ki- myoviy yo’l b-n ohaktoshlar tarkibidagi er osti neft suvlarining atmosfera suvlariga qo’shilishidan hosil bo’lgan degan fikrlar bor. G. o. k. oltingugurt hosil bo’lish sharoitlariga ko’ra, Ukrai- nadagi Rudatskiy va AQShning Meksika sohillaridagi konlarga juda o’xshash.