Gujumdi tog’lari

Gujumdi tog’lari — Marka- ziy Qizilqumdagi tog’lar. Quljuqtov tog’larining Sharqiy davomi. Eng yuqori nuqtasi 773 m (Boshgujumdi cho’qqisi). G.t. kenglik bo’yicha yo’nalgan, shim. Yon bag’irlari ancha tik, Jan. esa yotiqroq. Shim.da Qoraxotin va Jan.da Oyoqog’itma botiqlari tomon yon bag’irlari zinapoyasi- mon shaklda pasayib boradi. Tog’etaklari keng prolyuvial shleyflar b-n band. Yon bag’irlari quruq soylar b-n parchalangan. G.t. paleozoyning terrigen (kremniy- li qumtosh), kremniyli karbonat (aso- san dolomit) va terrigen (alevrit, kumtosh, konglomerat, gravelit) jin- slaridan tashkil topgan. Suvayirg’ich qismida qattiq qumtosh, dolomit va ba’zan konglomeratlardan qoyali relef shakllari vujudga kelgan. G.t.da cho’l mintaqasiga mansub bo’z-qo’ng’ir tuproklar tarqalgan. Oqjusan, teresken, yon bag’irlarning quyi qismlarida key- reuk, boyalich o’sadi. Yaylovlarda Qorako’l qo’ylari boqiladi.