Gul changi

Gul changi — gulli o’simliklar changdonlarida hosil bo’ladigan chang do- nachalari. Urug’li o’simliklarda chang do- nachasi — mikroskopik tuzilma (erkak gametofit) bo’lib, unda changlanish pay- tida yoki undan keyin urug’lanish uchun za- rur bo’lgan erkak gametalar (spermiylar) rivojlanadi. Chang donchalari shaqli (yumaloq, cho’zinchoq, bo’lakchali yoki ko’p burchaqli), hajmi va qobiq ko’rinishi bo’yicha nihoyatda xilma-xil. Gulli o’simliklar g.ch. mayda, yirik va gigant- lari ham bo’ladi. Poliploid shakllarida changlar aytarli yirik, teshikchalari ko’p va chang naychalari deyarli keng bo’lishi kuzatilgan. G.ch. oziq moddalar (qand, yog’, oqsil va h.k.)ga boy, shuningdek, tarki- bida fermentlar, karotinoidlar, Vita- minlar ko’p uchraydi. G.ch. qobig’i (sporo- derma), odatda, ikki qavat: ichki yumshoq — intina va tashqi qattiq — sklerin (ekzina)dan iborat.