Gul pocho ulfat
Gul pocho ulfat (1909, lag’mon -1977, Kobul) — afg’on shoiri, yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobi. Pashtu (afg’on) va forsi-Kobuliy (dariy) tilla- rida ijod qilgan. Afg’on akademiyasi ada- biyot bo’limi mudiri (30-y.lar 2-yarmi), prezidenti (1956-62). She’riy («Afg’on qo’shiqleri», 1946; «saylangan she’- rlar», 1954 va b.), nasriy («tanlangan hikoyalar», 1957 va b.) va adabiyotshunos- likka doir («yozuvchilik mahorati», 1961 va b.) ko’plab asarlari nashr qilingan. Ularda adib xalqlar do’stligini ulug’lagan. Osiyo-Afrika yozuvchilari tosh- kent konferentsiyasi (1958)da ishtirok etgan. Uning «begunoh mahbus», «hayot sozi», «ajib inson», «dono maslahat», «Kelgusi kun», «Ey, zindonchi» kabi hikoyalari, «men shundayman», «juldur kiyingan sohibjamol» (1970) va b. she’- rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: begunoh mahbus (hikoyalar), T., 1963.