Gulikura tizmasi

Gulikura tizmasi — Hisor tiz- masi tarmog’i, Surxondaryo viloyatining shim.-sharqidagi uzun tumani hududida joylashgan. Dalma, kichkina Bardon tiz- malaridan Jan.roqda. Uz. 8-9 km, o’rtacha bal. 1400-1500 m, eng baland nuqtasi 2041 m. Jan.-g’arbiy yon bag’ri nisbatan tekisroq bo’lib, To’polondaryo vodiysi tomon sekin-asta pasayib boradi. Shim. va shim.-Sharqiy yon bag’ri tik bo’lib, Ze- varsoy qirg’oqlaridan tik ko’tarilgan. Iqlimi kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 1-2°, iyulniki 22-28°. Yil- lik yog’in miqdori 600-800 mm. G. t.dan ko’plab buloq va kichik soylar boshla- nadi. Tuprog’i bo’z tuproq, tog’jigar- rang tuproqlar bo’lib, ularda efemer (bir yillik), efemeroid (ko’p yillik) o’simliklar o’sadi. Shim.-sharqida archa- zor o’rmonlar bor. Asosan yaylov sifati- da foydalaniladi.