Guliqahqah pari

Guliqahqah pari — turkey xalqlar sehrli-fantastik ertaklarida keng tarqalgan afsonaviy-mifologik obraz. Ertaklarda tasvirlanishicha, g. p. Ko’hiqof tog’ida, Eram bog’ida yashaydi va turli qiyofalarda uchib boradi. G. p. ning boshqa parilardan farqli tomoni, u qah-qah urib kulganida og’zidan gullo- lalar sochiladi. U nihoyatda go’zal, aqlli, donishmand, ishbilarmon, mo»jizalar yaratishga qodir, hatto turli kasalli- klarni ham davolay oladi. Ertaklar qahramonlari podsho va b. kuchlarning G. p.ni keltirish yoki uning gulidan bahramand etish shartini bajarishda og’ir, qiyin sarguzashtlarni boshidan ke- chiradi, turli to’siklarni engib, afsona- viy makondan g. p.ni yoki uning gulidan olib kaytadi.