Gulli o’simliklar

Gulli o’simliklar (Magno liophyta yoki Angiospermae), yopiq urug’li o’simliklar, yopiq urug’lilar — gul chiqaradigan yuksak o’simliklar guru- XI. Urugchi organining mavjudligi va qo’sh urug’lanish g.o’.ga xos xususiyatdir. G.o’.ning urug’kurtagi bir yoki bir nechta bo’rtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha bo’shlig’ida bo’ladi. Urug’lari meva ichida joylashgan (yopiq urug’lilar degan nom shundan kelib chiqqan). Bun- Day o’simliklar ikki sinf (bir pal- lali o’simliklar va ikki pallali o’simliklar)ga bo’linadi. O’z navbatida bular ham kenja sinflar, tartib, oila- lar, turkumlar va ularning barcha oraliq kategoriyalari b-n turlarga bo’linadi. G. u.da 400 oila, 12 mingdan ortiq tur- kum va 250 mingga yaqin tur mavjud. Er yuzidagi yuksak o’simliklarning yarmidan ko’prog’ini yopiq urug’li o’simlik turla- ri tashkil etadi. Odamlar uchun keraqli o’simliklar, jumladan oziq-ovqat o’simliklari (bug’doy, javdar, sholi, kartoshka, dukkaqlilar va b.), tolali o’simliklar (g’o’za, zig’ir, kanop va h.k.), efir moyli va dorivor o’simliklar, me- valilar va kauchukli o’simliklarning ko’pchiligi g.o’.ga kiradi.