Gulnobod jangi

Gulnobod jangi — Eron safa- viplari va afg’on qo’shinlari o’rtasida (1722 y. 8 mart) bo’lgan jang. Isfahon yaqinidagi Gulnobod qishlog’i yaqinida Safaviy qo’shinlari butunlay tor-mor qilingan. Afg’onlar qo’shini rahbari Mahmud Gilzoyi (xotaki) bundan foy- dalanib, safaviylarning poytaxti Isfahonni qamal qilgan. 1722 y. 22 okt.da Eron shohi Husayn Safaviy Isfahonni afg’onlarga topshirgan. Shu yiliyoq Mahmud Gilzoyi Eron shohi tax — tiga o’tirgan.