G’ULOMGARDISH

G’ULOMGARDISH — ichkaridan tashqarini ayirib turuvchi to’siq; hovli yoki qo’rg’onning darvoza oldidagi usti berk yo’laksimon bostirma, dalon. Qadimda qal’a yoki qo’rg’ondagilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurilgan, darvoza oldidagi murakkab mudofaa inshooti hisoblangan. Qadimgi Yunoniston me’morligida labirint deb atalgan. Keyinchalik ichkarini g’ulomlar nigohidan pana qiluvchi vositaga aylangan.