G’ULOMOV ULUG’ G’AFUROVICH

G’ULOMOV ULUG’ G’AFUROVICH (1933. 10.1 — Toshkent — 1990.15.3) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1973). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1983). Fizika-matematika fanlari Doktori (1972). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1955). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida ilmiy xodim (1959-62), direktor o’rinbosari (1962), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida direktor o’rinbosari (1962-69), direktor (1969- 78; 1989-90), laboratoriya mudiri (1978-90). Ilmiy ishlari, asosan, elementar zarralar fizikasi, relyativistik yadrolar fizikasi, radiatsion Materialshunoslik, aktivasion tahlil va radioaktiv izotoplardan foydalanish sohalariga oid. Yadro emulsiyalarida giperfragmentlarning hosil bo’lish mexanizmlarini, yuqori energiyali elementar zarralarning murakkab yadrolar bilan o’zaro ta’sirini, relyativistik yadrolarning yadro bilan to’qnashishi mexanizmlarini tadqiq etgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Toshkent shahri. Ulug’bek shaharchasidagi ko’chalardan biri uning nomi bilan ataladi.