«Gulo’yin»
«Gulo’yin» — o’zbek mumtoz raqsining Farg’ona maktabiga mansub «Katta o’iin» turkumidagi ayollar raqs- syuitasi. U asosan ashula jo’rligida, professional yallachi va havaskorlar to- monidan ijro etilgan. Ayniqsa Qo’qonda keng tarqalgan. Syuitaning mazmuni li- rik xarakterda bo’lib, ruhiy kechinmalar ifodalangan. «G.»dastlab firoq azobi, sog’inishni, so’ngra kuchli Iroda, dadil- likni ifodalaydi, shodlik va quvnoq hayotni ulug’laydi. «G.»turlaridan bi- rida ijrochining qo’l harakatlari gul (gulsapsar, Lola, binafsha)ning ochilish paytini ifodalaydi. «G» maxsus mil- liy kiyimda ijro etiladi. «Gulo’yin», «Gulo’yin yallamasi», «Gulo’yin jilvo- ni» kabi usullari bo’lib, ular mazmu- ni, ijro usuli b-n bir-biridan farq qiladi. 1927 y. Usta olim Komilov va Tamaraxonim «G.»ning ritmoplastik usulidagi zamonaviy, ommaviy va doira zarblari ostida tushiladigan yakka sahna raqslarini yaratdilar. Bu raqslarda o’zbek ayolining iffat ila yo’g’rilgan go’zalligi ulug’lanadi. «G.»raqsi yangicha talqin va kostyumda «Farhod va Shirin» (Xurshid asari; kompozitorlar V. Uspen- skiy, g. Mushel) musiqali dramasiga kiritilgan va 1937 y. Moskvada bo’lib o’tgan birinchi o’zbek san’ati va adabiyoti dekadasida namoyish etilgan.