Gulqand

Gulqand — o’rtapishar pomidor navi. O’zbekiston sabzavotchilik, po- lizchilik va kartoshkachilik i.t. in-tida «Vitaminli» navi namunasidan tanlash yo’li b-n yaratilgan (1986). 1990 y.dan issiqxonalarda kuzgi-qishki mavsumda etishtirish uchun r-nlashtirilgan. Bo’yi 120 — 150 sm ga boradi, bo’g’imlari orasi 4-10 sm. Bargi oddiy, yirik, och yashil, yon bargchalari kam. Mevasi dumaloq, cho’qqisi silliq, qizil, urug’i kam. Tar- kibida 3— 3,2% quruq modda, 1,6— 1,7% qand, 9,6—12 mg % askorbin kislota- si bor. Bir dona mevasining o’rtacha og’irligi 120 g. Nihollar to’liq unib chiqqanidan keyin birinchi mevalari 95 — 120 kunda pishadi. Hosildorligi o’rtacha 4,5 kg/m2. Bir poya qoldirib shakl beriladi (bosh poya chilpilmaydi). Fuza- Rioz viltga chidamli.