Gulsapsar

Gulsapsar (Iris sogdiana) — gul- Sapsardoshlar oilasiga mansub ko’p yil- lik o’t. G. ko’p tarqalgan o’simlik bo’lib, uning bir necha yuzlab navlari mavjud. Ular gullarining rangi, hajmi va shaqli bo’yicha farqlanadi. Shulardan biri duragay g.dir. Uning bo’yi 30-50 sm. Barglari qilichsimon yoki keng-qalami, eni 1,3 sm. Gulqo’rg’oni yirik (diametric 8-15 sm), to’g’ri, chiroyli, uzun bargsiz gulbandlarda bir nechta (5-9 ta) dan joylashadi. 2— 3 guli bir vaqtda ochi- ladi, xushbo’y hidli. Rangi oq, sariq, pushti, xira qizil, zangori, binafsha va b. tusda bo’ladi. Ko’sagi cho’ziq, 6 qirrali, uz. 2-4 sm, uchida ko’sakning yarmiga teng keladigan tumshuqchasi bor. G. tarqalgan joyiga (dengiz sathidan qancha baland- likda joylashganiga) qarab apr. dan iyunning boshiga kadar gullaydi. G. 3-4-yilda ildizpoyani bo’lib ekish yo’li b-n hamda urug’idan ko’payadi (yovvoyi tur- lar). Bahorda — kuzda eqiladi. G. adir- larda va tog’larda, sernam erlarda o’sadi. Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan.