Gulshaniy

Gulshaniy (taxallusi; asl ismi Mulla Muhammad Sodiqxoja) (1861 — 1910) — buxorolik tarixchi, shoir. Buxo- ro amirligining tarixiy geogr.siga oid «Tarixi Humoyun» asarini yaratgan. G. o’z asarida amirlikning har bir viloyatida nechta shahar, qasaba, qishloq borligi, aholisi haqida yozadi. Mac, Shahrisabz sh. haqida shahar ikki qator devor b-n o’ralgani, shahar devorining 3 darvoza- si (kitob, Charmgaron, qarshi) borligi, Qarshi darvozasi yana La’liston ham deb atalishi, darvozadan bir yarim chaqirim erda amirning La’liston deb ataluvchi chorbog’i bo’lgani, shaharda 45 madrasa, 64 masjid, 4 xonaqoh, ikki hammom, 15 karvonsaroy bo’lganligi aytiladi. Har viloyat, shahar, qasaba aholisining soni va ularning mashg’uloti haqida ham ma’- lumot beriladi. Asar Tojikiston FA Shi qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. Rus tiliga tarjima qilingan. G. she’rla- ri 20-a. boshlarida Buxoroda tuzilgan tazkira va bayozlarga kirgan.