Gulshira, nektar

Gulshira, nektar — o’simlikning shira bezlaridan chiqadigan shirin suyuqlik. Shira bezlari ko’pincha gul- ning ichida, kamdan-kam barg bandida, barg chetlarida, yonbarglarda va gulyonbar- glarda joylashadi; ular g’udda, bo’rtmacha, chuqurcha, halqacha, tarnovcha shakllari- da bo’ladi. G. murakkab modda bo’lib, qandning suvdagi eritmasi (glyukoza, fruktoza, saxaroza)dan iborat. Uning tarkibida ko’p miqdorda spirt (manit), dekstringa o’xshash bo’yovchilar, azotli va aromatik moddalar, mineral tuzlar, kis- lota va fermentlar bo’ladi. G. chetdan Chan- glanishni ta’minlaydigan asalari va b. hasharotlar (ari, tukli ari, kapalaklar) uchun ovqat hisoblanadi. O’simlikning G. ajratish jarayoni ko’p jihatdan uning yoshi, gullash fazasi, kecha-kunduzga, havo harorati va namlikka bog’liq (mas, g’o’zaning har bir guli bir kecha-kun- duzda o’rtacha 8,08 — 12,32 mg g. ishlab chiqaradi). Tarkibida ko’p miqdorda shi- rasi bo’lgan o’simlikda nektar ajrali- shi fotosintezga bog’liq. Shuning uchun unga quyosh nuri zarur. Bundan tashqari turli vaqtda yoki turlicha o’simliklardan yig’ilgan g.da qand miqsori bir xil bo’lmaydi. Bu esa ularning sifat jiqatidan bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Asalari organizmida qayta ishlangan g.dan asal hosil bo’ladi. Lutfulla Abdurahmonov.