Gulxayri kuyasi
Gulxayri kuyasi (Pectionophora malvella Hb.) — o’yiqqanotli kuyalar oilasiga mansub zararkunanda kapalak. Qanotlari yoyilganda 10-12 mm. Ol- dingi qanotlari qoramtir yo’lli och Ji- garrang, orqa qanoti och kulrang. Qurti (9-12 mm) sarg’ish, boshi to’q jigarrang. Ikkita birinchi bo’g’imi binafsha rang, to’q qizil. O’zbekistonda G.k. karantin ob’ekti. Oxirgi yoshdagi qurtlari 3-10 sm tuproq tagida yumaloq pishiq pilla ichida kishlaydi. Yiliga ikki, ba’zan uch avlod beradi. G.k. barg orqasiga, shona va gullarga 1-2 tadan tuxum qo’yadi. Tu- xumdan chiqqan qurtlari o’simlikning hosil organlarini zararlaydi. Za- rarlangan shona va gullar so’liydi, to’qiladi. Diapauza (bir yildan ortiq davom etishi mumkin) zarakunandaning saqlanib qolishi va tarqalishiga imkon beradi. Diapauzadagi qurtlar tuproq, urug’, qoplar va b.da bo’lishi mumkin. Kurash choralari: karantin joriy qilish; 80% li texnik xlorofos yoki xlorofos- ning 80% li suspenziyasi (1,5—1,8 kg/ ga), fozalon, tsitrofosning 35% li erit- masini (2,5 kg/ga) purkash.